Yo`lovchilarga yanada ko`proq qulaylik hamda ichki turizmni rivojlantirishda qo`shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “O`zbekiston temir yo`llari” AJ 2022 yil 9 yanvardan boshlab, har haftaning yakshanba kunlari “Samarqand-Toshkent-Samarqand” yo`nalishida 767/768 sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining qatnovini yo`lga qo`yadi, deb xabar bermoqda“O‘zbekiston temir yo'llari" AJ.
Harakat jadvaliga ko`ra, 767- sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi yakshanba kunlari soat 10:50 da “Samarqand-Toshkent” yo`nalishida, 768-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa shu kuni soat 13:40 da “Toshkent-Samarqand” yo`nalishida qatnovini amalga oshiradi.
Shu bois amaldagi “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining harakat jadvaliga o`zgartirish kiritiladi.
Unga ko`ra bugungi kunda soat 08.30 da “Toshkent - Samarqand” yo`nalishida harkatini amalga oshirayotgan 764 -sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi 2022 yil 9 yanvardan boshlab, soat 07:00 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
Har kuni soat 17:06 da “Samarqand-Toshkent” yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 763-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa, ushbu sanadan boshlab soat 16:40 da Samarqand temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
Bugungi kunda soat 09:02 da “Toshkent-Buxoro” yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi 2022 yil 9 yanvardan boshlab, soat 08:30 da Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan harakatini boshlaydi.
Hozirgi kunda soat 15:02 da Buxoro-Toshkent yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa ushbu sanadan boshlab, soat 15:27 da Buxoro temir yo`l vokzalidan harakatlanadi.
Shuningdek, soat 15:50 da “Buxoro-Toshkent” yo`nalishida harakatini boshlaydigan 761-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi mazkur sanadan boshlab, soat 15:52 da Buxoro temir yo`l vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.
Bugungi kunda soat 04:55 da “Buxoro-Toshkent” yo`nalishida qatnovini amalga oshirayotgan 765-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa, 9 - yanvardan boshlab, soat 04:31 da Buxoro temir yo`l vokzalidan harakatini boshlaydi.
Amaldagi boshqa “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari o`z harakat jadvali bo`yicha harakatlanadi.
Bundan tashqari 09.01.2022 yildan
3-sonli Qarshi-Toshkent,
10-sonli Toshkent-Buxoro,
11-sonli Buxoro-Toshkent,
655 sonli Xiva-Andijon,
657-sonli Nukus-Andijon,
6414-sonli Toshkent -Guliston,
10.01.2022 yildan
662 sonli Toshkent-Urganch,
58-sonli Toshkent-Shovot,
60-sonli Toshkent Andijon,
153-sonli Nukus -Toshkent,
11.01. 2022 yildan
72-sonli Toshkent-Olot,
394-sonli Andijon-Xiva,
13.01. 2022 yildan
155-sonli Shovot -Toshkent,
14.01. 2022 yildan
392-sonli Andijon- Buxoro yo`nalishlaridagi yo`lovchi poezdlarning harakat jadvalida ham o`zgarish bo`ladi.






