2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko`ra, mamlakatimizda 1448 nafar chaqaloq tug`ilgan.
SSV bergan so`nggi ma`lumotlarga qaraganda, yangi yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu so`nggi besh yildagi eng yuqori ko`rsatkichdir. Ma`lumot uchun, 2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda — 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda esa 1644 nafar chaqaloq tug`ilgan edi.
2022 yilning 1 yanvar kuni tug`ilgan chaqaloqlarning 1118 nafari qiz, 1198 nafari esa o`g`il bola bo`lib, eng ko`p chaqaloq Samarqand viloyatida (270 nafar) tug`ildi.
Shuningdek:
- ikkinchi o`rinda Farg`ona viloyati (239 nafar),
- uchinchi o`rinda Namangan viloyati (218 nafar),
- to`rtinchi o`rinda Surxondaryo viloyati (213 nafar chaqaloq) qayd etildi.
Qolaversa, shu kuni tug`ilish ko`rsatkichi bo`yicha:
5-o`rinni Qashqadaryo viloyati (210 nafar),
6-o`rinni Andijon viloyati (197 nafar),
7-o`rinni Toshkent shahri (177 nafar),
8-o`rinni Qoraqalpog`iston Respublikasi (156 nafar),
9-o`rinni Toshkent viloyati (155 nafar),
10-o`rinni Xorazm viloyati (115 nafar),
11-o`rinni Buxoro viloyati (113 nafar),
12-o`rinni Jizzax viloyati (102 nafar),
13-o`rinni Navoiy viloyati (90 nafar),
14-o`rinni Sirdaryo viloyati (61 nafar) band etdi.
️Dunyoga kelgan bolalarning 12 tasini ikki homilali, 1 tasini to`rt homilali egizaklar (jami 28 nafar chaqaloq) tashkil qiladi.






