AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” AJ va uning tasarrufdagi tashkilotlarda “Kuchaytirilgan ish rejimi” tashkil etildi

'“O`zbekneftgaz” AJ va uning tasarrufdagi tashkilotlarda “Kuchaytirilgan ish rejimi” tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2021 yil 30 dekabr kuni o`tkazilgan selektor yig`ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta`minlash uchun “O`zbekneftgaz” AJ va uning tasarrufdagi tashkilotlarda “Kuchaytirilgan ish rejimi” tashkil etildi. Bu haqda jamiyat axborot xizmati rasman ma`lum qildi.

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi topshirig`iga asosan, Yangi yil bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlari ishlab chiqarish va qayta ishlash ishlari uzluksiz tashkil etildi.

Qish mavsumida hamda bayram kunlari aholi, sanoat va xalq xo`jaligi is`temolchilarini tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, benzin va dizel yonilg`ilari bilan ta`minlashda uzulishlarni oldini olish, barcha qazib chiqarish, qayta ishlash, ishlab chiqarish korxonalarining bir maromda ishlashini navbatchilar to`liq monitoring qilib borishadi.

 

    Boshqa yangiliklar