AsosiyJinoyat

Surxondaryoda aka janjalga aralashgan ukasining xotinini boshini tosh bilan yordi

'Surxondaryoda aka janjalga aralashgan ukasining xotinini boshini tosh bilan yordi'ning rasmi

Oltinsoy tumanida 2021 yil 15 dekabr kuni soat 09:00 larda, shu tumanda yashovchi, S.Sarvar (ism shariflar o`zgartirilgan) va turmush o`rtog`i, J.Diyoralar yashash uyi yonida, qo`shni bo`lib yashovchi, akasi S.Sardor bilan qarz masalasida janjallashishadi. 

Janjal vaqtida akasi S.Sardor qo`lidagi tosh bilan kelini J.Diyoraning bosh qismiga urib tan jarohati etkazgan vaqtida, S.Sarvar akasi S.Sardorni qo`li bilan duch kelgan joylariga urib tan jarohati etkazgan. 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati bergan ushbu xabarga ko`ra, janjal natijasida J.Diyora va S.Sardorlar tan jarohati olgan. 15 dekabr kuni S.Sardorga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi va S.Sarvarga 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar