Sputnik O`zbekistonning xabar berishicha, bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus o`zining Yangi yil munosabati bilan so`zlagan nutqida ma`lum qilgan.
“Hozir, bu pandemiyaning uchinchi yiliga qadam qo`yayotgan paytda, mening ishonchim komilki, bu yil pandemiyaning so`nggi yo`li bo`ladi, agar biz bunga birgalikda barham bersak”, - degan Tedros Adxanom Gebreyesus.
Uning ta`kidlashicha, yangi shtammlarning, jumladan, “omikron”ning paydo bo`lishiga tor millatchilik va ayrim mamlakatlar tomonidan vaksinalarning haddan ziyod zaxira qilib olingani ko`maklashgan. Bu adolat tamoyillariga zid.
“Agar bu adolatsizlikka barham bersak, biz pandemiyani engamiz”, - deya xulosa qildi JSST rahbari.






