2022 yil 2 yanvar kuni soat taxminan 14:30 da Mirzo Ulug`bek tumani G`azalkent va Durmon yo`li ko`chalari kesishgan chorrahada 2000 yilda tug`ilgan A. X. boshqaruvidagi "Malibu" rusumli transport vositasi va 1977 yilda tug`ilgan N.X. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli transport vositalari to`qnashuvi natijasida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ushbu YTH natijasida transport vositalari xaydovchilari tan jaroxat olmagan. Holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB YXHB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.






