AsosiyJamiyat

2022 yilda Toshkent viloyatiga necha nafar turistlar tashrif buyurishi ma`lum qilindi

'2022 yilda Toshkent viloyatiga necha nafar turistlar tashrif buyurishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Yakunlangan 2021 yil Toshkent viloyatida turizm sohasini rivojlantirish borasida keng ko`lamli ishlar olib borildi. Bu haqda Toshkent viloyati matbuot xizmati xabar berdi.

Hududda 99 ta mehmonxona, 778 ta oilaviy mehmon uylari, 33 ta xostel, 25 ta sanatoriy va boshqa sog`lomlashtirish ob`ektlari samarali faoliyat ko`rsatmoqda.

Bu borada 2022 yil 176 ta yangi oilaviy mehmon uylari hamda 300 ta yangi ish o`rinlari yaratish reja qilingan.

O`tgan yili umumiy qiymati 584,9 milliard so`m bo`lgan 48 ta investisiya loyihalarining amalga oshirilishi natijasida 1 ming 624 nafar yangi ish o`rinlari yaratildi. 2022 yil esa bu ko`rsatkichni umumiy qiymati 3,2 trillion so`mga etkazish, jami 82 ta investisiya loyihalari amalga oshirilib, 3 ming 382 nafar yangi ish o`rinlari yaratish kutilayapti.

Sohada olib borilayotgan ishlar natijasida o`tgan yili viloyatga tashrif buyurgan turistlar soni 1,9 million nafarni, shundan, xorijiy turistlar 82 ming nafarni, maxalliy turistlar 1,8 million nafarni tashkil etdi. Boshlangan yangi yil rejasiga muvofiq, viloyatga keluvchi xorijiy va mahalliy turistlar sonini 2,1 million nafarga, shundan, xorijiy sayyohlar sonini 85 ming nafarga etkazish belgilangan.

Jumladan, Ohangaron tumanidagi Ertoshsoy va Ovjazsoy qishloqlariga “Turizm qishlog`i” maqomini olish bo`yicha hududning infratuzilmasini yaxshilash va sayyohlarga qulaylik yaratish orqali turistlar oqimini ko`paytirish kabi qator ishlar yuzasidan dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Boshqa yangiliklar