AsosiyJamiyat

Buxoroda maktabni isitishga ajratilgan ko`mir sotib yuborildi. Hodisaga oydinlik kiritildi

'Buxoroda maktabni isitishga ajratilgan ko`mir sotib yuborildi. Hodisaga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Joriy yilning 26 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Buxoro maktablaridan birida maktab binosini isitish uchun ajratilgan ko`mir noqonuniy tarzda fuqaroga sotilayotgani haqidagi videoyozuv tarqatildi.

Holat yuzasidan Buxoro viloyati XTV rasmiy munosabat bildirdi.  

Ma`lum qilinishicha, olib borilgan o`rganishlar natijasida mazkur holat 2019 yilda Shofirkon tumanidagi 45-umumiy o`rta ta`lim maktabida sodir bo`lganligi aniqlandi. Maktab binosini isitish uchun ajratilgan ko`mirni noqonuniy tarzda fuqaroga sotgan maktabning sobiq qorovuli hamda mas`ul xodimlariga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan ma`muriy chora ko`rilgan.

2021-2022 o`quv yili uchun maktabda kuz-qish mavsumi betalofat o`tkazish maqsadida mavjud 6 dona tejamkor qozonlar va barcha isitish tizimlari tamirlanib, 4 nafar mavsumiy o`t yoquvchilar biriktirilgan.

Ayni paytda joriy mavsumni betalofat o`tkazish maqsadida maktabda barcha xavfsizlik choralari ko`rilgan, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar