Joriy yilning 19 may sanasida “O`zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi.
Ushbu qarorga ko`ra:
- 2022 yil 1 yanvardan xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo`g`inlari xodimlariga lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo`shimcha ustama to`lanadi;
- shuningdek, 2022 yildan davlat organlariga ishga qabul qilish va yuqori lavozimga tayinlash uchun xorijiy tilni bilish talabgorga qo`yiladigan majburiy malakaviy ko`nikma sifatida belgilanadi.






