AsosiyJamiyat

Tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar bepul o`qitildi — Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi

'Tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar bepul o`qitildi — Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi'ning rasmi

Pilot loyiha doirasida tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolar uchun bepul rus tili va Rossiya tarixi bo`yicha o`quv kurslari tashkil etildi.

Ushbu o`quv kurslari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Buxoro viloyati filiali va Rossiya Xalqlar do`stligi universiteti hamkorligida tashkillashtirildi.

Agentlik xabariga ko`ra, Rossiya Federasiyasi ish beruvchilari tomonidan tanlab olingan hamda pilot loyiha doirasida o`quv kurslarida o`qitilgan fuqarolarga Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Rossiya Xalqlar do`stligi universiteti tomonidan tegishli sertifikatlar topshirildi.

    Boshqa yangiliklar