IIB ning rasmiy kanali @samiibuz orqali 2021-yil 19-avgust kuni Ishtixon tumani Bo`ston MFY Bo`ston qishlog`ida yashagan 2005-yilda tug`ilgan Javbo`rieva Iroda Bobur qizi yashash uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgani to`g`risida xabar bergan edik.
Xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgandan so`ng, ko`plab tarmoq faollari, yurtdoshlarimiz bunga befarq bo`lishmagan.
Qiz yo`qolganligi to`g`risidagi e`lonni ko`rgan ijtimoiy faol fuqarolar tomonidan kelib tushgan malumotga asosan, soat tungi 4:00 larda viloyat IIB JQB hamda Ishtixon tumani IIB xodimlari tomonidan Javbo`rieva Iroda Qarshi shahri hududidan aniqlanib, sog`-salomat uyiga qaytarildi.
Samarqand viloyati IIB barcha ijtimoiy faol vatandoshlarimiz, xabarni tarqalishida ko`mak bergan jurnalist va blogerlarga, minnatdorchilik bildirdi.






