Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Samarqand viloyati Jomboy tumanida "MAN" rusumli yuk avtomashinasi yonib ketganligi haqida videolar tarqaldi.
Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining️ ma`lum qilishicha, joriy yilning 26 dekabr kuni soat 04:00 larda, Samarqand shahar hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 1079 kilometrida "Toshkent-Samarqand" yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan, "MAN" rusumli yuk avtomobilining yukxonasidagi muzlatgichda qisqa tutashuv sodir bo`lgan va uning ortidan yong`in yuzaga kelgan. Ushbu yong`in transport vositasining kabina qismiga ham ta`sir etgan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
️Ushbu holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lishlari so`ralmoqda.






