OFK 2023-yil Xitoyda bo`lib o`tadigan Osiyo kubogi saralash bosqichining qur`a tashlash marosimi vaqtlarini ma`lum qildi. Unga ko`ra, 2022-yilning 24-fevral kuni soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida qur`a tashlash marosimi onlayn tarzda o`tkaziladi.
Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston milliy terma jamoasi Bahrayn, Iordaniya, Qirg`iz Respublikasi, Falastin va Hindiston bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.
Saralash bahslari 2022-yilning iyun oyida markaziy tarzda o`tkaziladi. Guruh bahslari faqat bitta o`yindan iborat bo`lib, jamoalar ushbu bosqichda 8, 11 va 14-iyun kunlari 3 ta o`yin o`tkazishadi.






