AsosiySport

Piter Xyuistra: "Biz ham tarix yaratishni istaymiz"

'Piter Xyuistra: "Biz ham tarix yaratishni istaymiz"'ning rasmi

Ertaga O`zbekiston kubogi final uchrashuvida "Paxtakor" hamda "Nasaf" o`zaro bahs yuritadi. Mazkur o`yindan oldingi matbuot anjumanida toshkentliklar bosh murabbiyi Piter Xyuistra o`z fikrlarini bildirdi. 

"Albatta, finalga yana chiqqanimizdan xursandmiz, aniqrog`i bundan g`ururlandik. Finalga yaxshi tayyorlandik. Ertaga jang qilamiz.

Ikki nafar etakchi futbolchimiz finalda bizga yordam bera olmaydi, ammo, tarkibdagi boshqa futbolchilar bemalol ularning o`rnilarini bosa oladilar. O`ylaymanki, ertaga maydonga tushadigan boshqa futbolchilar ularning yo`qligini bildirmaslikka harakat qiladilar va o`zgacha kuch bilan o`ynay oladilar.

Final faqat raqibimiz uchun muhim o`yin emas. To`g`ri, “Nasaf”ga g`alaba OChL yo`llanmasini taqdim etadi. Ammo, biz ham tarix yaratishni istaymiz. Qachondir, bizdan finallarga necha marotaba chiqqanimizni emas, necha bor g`alaba qozonganimiz haqida savol berishadi. Shu bois, biz finalda faqat g`alaba qozonishni istaymiz.

Finaldan oldin futbolchilarni ruhlantirishda ularni rag`batlantirish, bonus va mukofot pullari haqida baralla aytish, unchalik kerakli ish emas. Albatta, har qanday mukofot futbolchilarni ruhlantirishi tabiiy. Ammo, ularni yoshlik paytidan bunday narsalar bilan chalg`itish kerak emas. Ularni har bir uchrashuv oldidan faqat g`alaba haqida o`ylashini istaymiz.

Ertangi uchrashuv natijasi kelajakdagi faoliyatimga qanday ta`sir qilishini bilmayman. Hozirda meni barchasi qanoatlantirmoqda. Hozirgi ishimdan mamnunman. Bu borada klub rahbariyati bilan suhbatlashamiz. Menga “Paxtakor” va O`zbekiston juda yoqishini aytishim mumkin. Bu erdagi faoliyatimda Paxtakor klubining muxlislari qalbimdan chuqur joy oldi. Ularga alohida rahmat deyman. Ular har qanday holatda bizlarni olg`a boshlashadi"

Boshqa yangiliklar