Yalpi majlisda “O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 378-moddasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o`qishda ko`rib chiqildi.
Deputat Rasul Kusherbaevning xabar tarqatishicha, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lashdan ozod qilinadi.
Mazkur mazmundagi qonun loyihasi (Soliq kodeksiga o`zgartirish kiritish) deputatlar tomonidan ko`rib chiqilib, birinchi va ikkinchi o`qishlarda qabul qilindi.






