Yalpi majlisda “O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 378-moddasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o`qishda ko`rib chiqildi.
Ta`kidlanganidek, ushbu hujjat bilan oliy va professional ta`lim muassalarida o`qish uchun tijorat banklaridan olingan ta`lim kreditlarini qoplashga yo`naltirilgan jismoniy shaxslarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq imtiyozlarini qo`llash belgilanmoqda.
Shu bilan birga, yosh oila tomonidan olingan ipoteka kreditlarini va ular bo`yicha hisoblangan foizlarni er-xotin yoki ulardan birining yoshi belgilangan yoshdan oshguniga qadar har bir soliq davri davomida tegishli miqdorda qoplashga yo`naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`idan ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o`qishda qabul qilindi.






