Bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda "O`zgidromet" ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, faqatgina Qoraqalpog`istonda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati biroz pasayadi va 15-20° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-12° iliq bo`ladi.






