Angliya Premer-ligasining 14-turida «Manchester Siti» safarda «Aston Villa» ustidan g`alaba qozondi, - 2:1.
Qayd etilishicha, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLdagi 150-g`alabasiga erishdi. Buning uchun ispaniyalik mutaxassisga 203ta o`yin kerak bo`ldi.
Bu natija orqali Gvardiola «Roma» ustozi Joze Mourinyu natijasini takrorladi. Portugaliyalik mutaxassis APLda 230ta uchrashuvda 150-g`alabasini qayd etgandi.






