“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelgusida terma jamoani boshqarmoqchi.
“Angliyadagi faoliyatimni tugatganimdan so`n terma jamoada ishlamoqchiman, jumladan, uni jahon chempionatiga yo`l olishini istayman. Terma jamoadan ish topish qiyin, biroq bu kelgusida amalga oshishidan umidvorman. Agar terma jamoaga menga ish chiqmasa, klublardagi faoliyatimni davom ettiraveraman. Bundan aslo tashvishga tushmayman.
Angliya Premer-ligasida faqat “Manchester Siti”da ishlashga tayyorman. Qachondir yana APLga qaytadigan bo`lsam, ushbu jamoani tanlayman. Undan boshqasida ishlamoqchi emasman”, - deya Gvardiola so`zlaridan keltirmoqda Sky Sports.






