So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda maktab etishmovchiligi masalasi ko`tarildi. Xo`sh, maktablarda o`quvchi o`rni yaratish ishlari qanday kechmoqda?
2018-2021 yillar davomida maktablarning moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilgan sa`y-harakatlar natijasida maktablarda qo`shimcha yangi 474,5 ming o`quvchi o`rinlari yaratilgan.
Shundan 58,7 ming o`quvchi o`rni yangidan barpo etilgan 156 ta maktabda hamda navbatlilik koeffisenti yuqori bo`lgan mavjud 1511 ta umumta`lim maktablariga qo`shimcha o`quv binolari barpo etilishi natijasida 371,4 ming o`quvchi o`rni yaratilishiga erishildi.
Yuqorida tilgan olingan qariyb yarim million o`quvchi o`rnini yaratishga davlat byudjeti mablag`lari hisobidan 5 trln.so`mdan ortiq mablag` ajratilgan. Bundan tashqari maktablar 11 yillik ta`lim tizimiga o`tishi munosabati bilan bo`shab qolgan 383 ta kasb-hunar kollejlari maktablarga aylantirilishi hisobidan 221 ming qo`shimcha o`quvchi o`rni yaratildi.
Ushbu yangi o`quv o`rinlarining yaratilishi navbatlilik koeffisenti oshib ketgan maktablardagi holatni me`yor darajasiga olib tushishga va ta`lim olishga munosib shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilgan.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining saylovoldi dasturida kelgusi besh yilda qo`shimcha 1,2 million o`quvchi o`rni yaratish uchun, maktablar rekonstruksiya qilinadi va yangidan barpo etilishi qayd etilgan.






