AsosiyJamiyat

Senator so`rovi bilan o`n mingdan ortiq fuqaro toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi

'Senator so`rovi bilan o`n mingdan ortiq fuqaro toza ichimlik suvi bilan ta`minlandi'ning rasmi

 Oliy Majlis Senati axborot xizmatining bergan ma`lumotiga ko`ra,  Surxondaryo viloyati, Uzun tumani aholisining toza ichimlik suvi muammosini hal etish uchun senator mas`ul tashkilotlarga senatorlik so`rovini yuborgan edi. 

Bu orqali tuman bo`yicha 20 ta MFY hududida yaroqsiz ahvolda bo`lgan suv qududlari nasoslarini almashtirish reja qilingan.

 Ta`kidlanishicha, menatorlik so`rovi natijasida shu kunga qadar tumanning 3ta mahallasida 3ta ESVU-6-10 markali suv nasoslari o`rnatib berilgan edi. 

Ushbu ishlar noyabr oyida ham davom ettirilib,  tumanning  “Yangi kuch", “Chinor”  va “Karer”  kabi mahallalarida yana 3 dona yangi ESVU-6-10 markali suv nasoslari o`rnatilib, aholi toza ichimlik suvi bilan ta`minlangan.

 "Natijada mahallalardagi 10 000 nafardan ortiq aholining toza ichimlik suvi bilan bog`liq muammosi hal etildi",-deyiladi xabarda.  

    Boshqa yangiliklar