AsosiyJamiyat

Iqtisodiyot universiteti talabalar turar joyiga 22:00 dan keyin kelgan talabani kiritmagan tarbiyachi-pedagog lavozimidan ozod etildi

'Iqtisodiyot universiteti talabalar turar joyiga 22:00 dan keyin kelgan talabani kiritmagan tarbiyachi-pedagog lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

2021 yil 23 noyabr kuni tarbiyachi-pedagog Jo`rabek Boltaev soat 22:00 dan keyin talabalar turar joyiga kechikib kelgan talabalar bilan o`z vakolati doirasida tushuntirish ishlarini olib borayotgan vaqtda Raqamli iqtisodiyot fakultetining 4-kurs talabasi Nurmurod Mamanov bilan o`zaro gap talashib qolishadi. Natijada talaba universitet TTJdan chiqib ketadi, deya xabar bermoqda TDIU axborot xizmati.

" - Ushbu voqeadan xabar topgan Yoshlar ishlari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor, Raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani o`rinbosari, uchastka noziri, universitet ichki qo`riqlash xizmati xodimi hamda Yoshlar ishlari agentligi vakillari zudlik bilan talabalar turar joyiga etib kelishadi. Bo`lib o`tgan voqea o`rganilib, talabani TTJga olib kelib joylashtiriladi.

Tortishuvning asosiy sababi sifatida qayd etilgan 200 ming so`m, talabaning o`tgan yilgi talabalar turar joyida yashaganligi uchun qarzdorlik bo`lib, ushbu pul mablag`i universitet hisobidan qoplangan, vaholanki, asosiy muammo talabaning TTJga kechikib kelishi bilan bog`liq bo`lib, to`lov haqida munozara bo`lmagan. 

Bundan tashqari N. Mamanov yashagan ijara xonadonining sotilgani bois joysiz qoladi va 10 kunga yaqin talabalar turar joyida o`rinlar cheklanganligi sababli Raqamli iqtisodiyot fakulteti dekani o`rinbosari D. Begmatovning uyida yashaydi. Oziq-ovqat bilan taminlanadi, g`amxo`rlik ko`rsatiladi. Dekan o`rinbosari D. Begmatovning turar joyi torlik qilganligi uchun Universitet qo`shimcha imkoniyatidan kelib chiqib, yangi talabalar turar joyi ishga tushirilgani munosabati bilan N. Mamanov bo`shagan xonalarga joylashtirilgan, hozirda order olish jarayonida bo`lgan.

Ushbu voqea universitet rahbariyati tomonidan muhokama qilinib, barcha fakultet dekanlari, dekan o`rinbosarlari, TTJ tarbiyachi pedagoglari, binobonlari, ta`lim-tarbiya maslahatchilarining yoshlar bilan ishlash bo`yicha faoliyatini tubdan qayta ko`rib chiqish bo`yicha mas`ul xodimlarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, tarbiyachi-pedagog J. Boltaev o`z ishiga mas`uliyatsizlik qilgani uchun lavozimidan ozod qilindi. Talaba N. Mamanovga o`z xizmat vazifasini bajarayotgan mas`ul xodimlarning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilish, o`zaro munosabatlarda noo`rin hatti-harakatlar sodir etmaslik bo`yicha tushuntirish berildi", - deyiladi Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar