AsosiyJamiyat

Pandemiya qachon tugaydi?

'Pandemiya qachon tugaydi?'ning rasmi

Insoniyat SOVID-19ga qarshi “urush ochgani”ga ikki yildan oshdi. Ammo bu infeksiya hanuz oramizda, atrofimizda. Hamon salomatligimiz, hayotimiz uchun xavf solib turibdi. Pandemiya qachon tugaydi?   O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi pandemiyaning tugashini ortga surilishiga sabab bo`layotgan omillarni izohladi.   

" – To`g`ri, muammo — o`ta global. Ammo unga allaqachon samarali echim topilgan. Faqat hamjihatlik etishmayapti. Virusning “urchishi”ga sharoit yaratib berayotgan omil esa — loqaydlik.  

Masalan, Yaponiya kasallikka chalinish va o`lim ko`rsatkichlari bo`yicha dunyo mamlakatlari orasida 29-o`rinda turibdi. Hatto avgust oyi so`nggi haftasida bu erda kuniga 25 mingdan ziyod holat qayd etilgandi.  

Ammo yaponlar emlanish eng to`g`ri chora ekanligiga ishonch hosil qilishdi. Shu tariqa hozirgacha “kunchiqar yurt” aholisining qariyb 77 foizi barcha bosqichda to`liq emlanib bo`ldi.  

Natijada 126 million kishi yashaydigan mamlakatda so`nggi kunlarda kasallanish ko`rsatkichlari keskin kamayib, 44 tani tashkil etyapti. Muhimi, o`lim holatlari qayd etilgani yo`q.  

Buyuk Britaniyaning Reading universiteti professori Yan Jons ham Yaponiyaning “virusni jilovlash” tajribasi haqida to`xtalib, buni mamlakatda vaksinasiya jarayonlari uyushqoqlik bilan o`tkazilayotgani bilan izohladi.  

Ommaviy immunitetning ahamiyati haqida Moskvadagi N.F. Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg ham yakdil xulosada.  

U "aholining 70-75 foizida kerakli miqdordagi antitanachalar mavjud bo`lsa, koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq vaziyat barqarorlashib, pandemiya tugaydi" degan fikrda. Buning uchun mamlakatda emlash tezligini 3-4 barobar oshirish zarur, deb hisoblaydi olim.  

Germaniya sog`liqni saqlash vaziri Yens Shpan ham mamlakatda pandemiyaning yangi to`lqini keskin avj olayotganidan xavotirlanib, bu borada bayonot bilan chiqdi.  

Uning so`zlariga ko`ra, butun mamlakat aholisi qish mavsumi oxirigacha yo to`liq emlanadi yo infeksiyaning o`ta og`ir oqibatlari bilan yuzlashadi. Shu bois vazir barcha nemislarni koronavirusga qarshi tezroq emlanishga chaqirdi.

Bugun O`zbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror. Kasallikning yangi to`lqini avj olmasligi uchun zarur choralar ko`rilmoqda. Biroq yurtdoshlarimiz orasida hali ham vaksina olishni paysalga solayotganlar ko`p ekan, pandemiyaning tugashi masalasi echimi tobora ortga surilaveradi", - deyiladi SSV xabarida.  

 

    Boshqa yangiliklar