"O`zgidromet ma`lumotiga ko`ra, bugun, 24 noyabr kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, Surxondaryo viloyatining ba`zi hududlarida kechqurun biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° iliq bo`ladi.
Poytaxtda ham havo o`zgarib turadi, biroq yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 16-18° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati 7-12° iliq bo`ladi.






