Energetika vazirligi shtabi tomonidan joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan “SHIRINA PETROL” MChJ va Toshkent tumanida joylashgan “CLEAN GAS SERVICE” MChJlarga qarashli avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o`tkazildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`rganish davomida faqat 2 ta “tadbirkor” tomonidan 1 mln 635 ming kub metr yoki bugungi kunda 100 mingta aholi xonadonlarining bir kunlik iste`moliga etarali miqdordagi tabiiy gazdan noqonuiy foydalanilganligi aniqlandi.
Xususan, tekshirish davomida “SHIRINA PETROL” MChJ tomonidan elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta`sir ko`rsatish imkoni bo`lganligi va o`tkazilgan eksperement davomida konfigurasiya sozlamasi texnologik yo`riqnomalar talabiga mos emasligi sababli qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 1 mlrd 274 mln 700 ming so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.
Shuningdek, “CLEAN GAS SERVICE” MChJ tomonidan shartnoma hujjatlaridan tashqari 1 dona kompressor uskuna ortiqcha o`rnatilganligi sababli amalga oshirilgan qayta hisob-kitob natijasida 360,5 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o`tkazilgan tekshirish hujjatlar qonun doirasida chora kurilishi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.






