AsosiyJamiyat

Endi odam savdosi bilan shug`ullanuvchi shaxslar ro`yxati yuritiladi

'Endi odam savdosi bilan shug`ullanuvchi shaxslar ro`yxati yuritiladi'ning rasmi

Hukumat qarori (708-son, 22.11.2021 y.) bilan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to`g`risidagi ma`lumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar to`g`risidagi ma`lumotlarning yagona axborot bazasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan yuritiladi.

 Bazaga quyidagi ma`lumotlar kiritiladi:

➖ odam savdosi bilan shug`ullanuvchi shaxslar;

➖ odam savdosidan jabrlanganlar, jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar – ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, ularga ko`rsatilgan yordam natijalari;

➖ jinoyat sodir etish usullari va boshqa axborotlar.

Ma`lumotlardan odam savdosiga qarshi kurashishdagi vakolatli organlar foydalanishi uchun Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bo`linmalariga yozma yoki elektron shaklda so`rovnoma yuboradi.

 

⏳ So`rovnoma tushganidan so`ng uning natijasi bo`yicha besh kunda javob yuboriladi.

    Boshqa yangiliklar