AsosiyDunyo

YTHga uchragan avtobus yonib ketdi, 45 kishi halok bo`ldi

'YTHga uchragan avtobus yonib ketdi, 45 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Bolgariyadagi Struma shossesida Shimoliy Makedoniyadan kelgan sayyohlik avtobusi YTHga uchradi. Bu haqda TASS yozmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, hodisa taxminan soat 03:00da sodir bo`lgan, voqea joyida 45 kishi halok bo`lgan, ulardan 12 nafari bolalar, avtobusda jami 52 kishi bo`lgan.

O`t o`chirish boshqarmasi boshlig`i Nikolay Nikolovning ta`kidlashicha, avariya Struma shossesining 31-kilometrida sodir bo`lgan, YTHdan keyin sayyohlar avtobusi yonib ketgan.

Voqea joyida tezkor-tergov harakatlari davom etmoqda.

Tez tibbiy yordam shifoxonasi kuyish klinikasi professori Maya Argirova jabrlanganlarning hayotiga hech qanday xavf yo`qligini, ular kuyish va tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilganini aytdi. Jabrlanganlarning qo`llari, yuzlari va yuqori nafas yo`llarida kuyishlar bor.

 

    Boshqa yangiliklar