AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari soni keskin kamaydi

'O`zbekistonda koronavirusdan kasallanish holatlari soni keskin kamaydi'ning rasmi

Kecha yurtimizda 170 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 11 ta hududda 180 nafarga yaqin bemor kasallikdan to`liq sog`aydi.

2021 yil 22 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 191750 (+174) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

11 nafari Andijon viloyatida,

8 nafari Buxoro viloyatida,

5 nafari Jizzax viloyatida,

1 nafari Navoiy viloyatida,

9 nafari Namangan viloyatida,

19 nafari Samarqand viloyatida,

2 nafari Sirdaryo viloyatida,

15 nafari Farg`ona viloyatida,

12 nafari Xorazm viloyatida,

34 nafari Toshkent viloyatida,

58 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

️Kecha kun davomida:

Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar,

Andijon viloyatida 16 nafar,

Buxoro viloyatida 13 nafar,

Jizzax viloyatida 4 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,

Namangan viloyatida 10 nafar,

Samarqand viloyatida 19 nafar,

 Farg`ona viloyatida 24 nafar,

Xorazm viloyatida 7 nafar,

Toshkent viloyatida 43 nafar,

Toshkent shahrida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 188301 (+178) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

️Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1382 nafarni tashkil qildi.

    Boshqa yangiliklar