AsosiyJamiyat

Endilikda yuridik texnikum bitiruvchilarini yurisprudensiya yo`nalishi bo`yicha OTMga qabul qilish tartibi belgilandi

'Endilikda yuridik texnikum bitiruvchilarini yurisprudensiya yo`nalishi bo`yicha OTMga qabul qilish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumatning 22 noyabrdagi qarori bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumi bitiruvchilarini yurisprudensiya yo`nalishi bo`yicha oliy ta`lim muassasalariga qabul qilishga oid nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, hududiy adliya organlari har yili 10 iyungacha yuridik texnikum bitiruvchilariga yo`llanma berish masalasini ko`rib chiqish uchun komissiya tuzadi.

Bitiruvchilar yo`llanma olish uchun komissiyaga 20 iyungacha onlayn platforma orqali murojaat qiladi.

Arizalar 20 iyundan 30 iyunganacha quyidagi asosiy talablar bo`yicha ko`rib chiqiladi:

  • har bir fan bo`yicha reytingi 71 va undan yuqori bo`lishi (sirtqi yoki masofaviy ta`limda o`qiganlar uchun 85 va undan yuqori);
  • chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikati bo`lishi;
  • ma`naviy-ma`rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etgan, shaxsiy yutuqlar mavjud bo`lishi;
  • ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak;
  • Yo`llanma olganlar hujjatlarini 5-25 iyulda OTMga onlayn yuboradi.

Yo`llanma olganlar bilan yakka tartibdagi suhbat 10-25 avgustda o`tkaziladi.

Suhbatda mamlakatdagi islohotlar mohiyati, ixtisoslikni tanlashdagi motivasiya, shaxsiy-kasbiy xususiyatlar, yuridik bilimlar aniqlanadi va baholanadi.

Suhbat natijalari 30 avgustgacha abiturientni o`qishga qabul qilish uchun tegishli OTMga yuboriladi.

    Boshqa yangiliklar