AsosiyJamiyat

Toshkentda bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o`quvchiga xizmat ko`rsatishi mumkin bo`lgan Prezident kutubxonasi quriladi

'Toshkentda bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o`quvchiga xizmat ko`rsatishi mumkin bo`lgan Prezident kutubxonasi quriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti o`tkazildi.

Ulardan biri – Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi bo`lib, Adiblar xiyoboniga tutash hududda quriladi. Ushbu majmua muzey bilan birga ilmiy tadqiqot markazi, O`zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, maktab va yotoqxonani o`z ichiga oladi.

O`zbekiston Milliy bog`i yaqinida Prezident kutubxonasi qurilishi ham rejalashtirilgan. U 4 qavatli bo`lishi, bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o`quvchiga xizmat ko`rsatishi ko`zda tutilgan. Kutubxonada 1 million 500 mingta kitob saqlanishi bilan birga elektron adabiyotlar, multimedia mahsulotlari ham bo`ladi.

Davlatimiz rahbari bu majmualarni qurishda eng zamonaviy texnologiyadan foydalanish, bilimsevarlarga barcha qulayliklarni yaratish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

Taqdimotda Olimpiya shaharchasi loyihasi ham ko`rib chiqildi

    Boshqa yangiliklar