Kecha, 22-noyabr kuni O`zbekiston mudofaa vazirligi Qozog`iston mudofaa vazirligi harbiy delegasiyasini qabul qildi.
Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamentining xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida tomonlar qardosh xalqlarning birdamligi, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarining joriy holati hamda istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etilgan. Shuningdek, yig`ilishda Qozog`istonda bo`lib o`tgan “Qalqon-2021” hamda O`zbekistonda davom etayotgan “Hamkorlik-2021” qo`shma o`quvlarining ahamiyati, bo`linmalarning jangovar tayyorgarlik masalalariga atroflicha to`xtalib o`tilgan.
"Uchrashuv so`ngida O`zbekiston va Qozog`iston mudofaa vazirliklari o`rtasida harbiy sohada hamkorlik bo`yicha qator tadbirlarni o`z ichiga olgan bitim imzolandi",-deya ma`lum qilinadi xabarda.






