AsosiySport

"Prezident kubogi" uchun musobaqada imkoniyati cheklangan yoshlar faol qatnashdi

'"Prezident kubogi" uchun musobaqada imkoniyati cheklangan yoshlar faol qatnashdi'ning rasmi

 Kecha Toshkentdagi “Saxovat servis” sport majmuasida yoshlar o`rtasida O`zbekiston o`zbek jang san`ati Federasiyasi, Madaniyat vazirligi hamda Turizm va sport vazirligi hamkorligida Prezident kubogi uchun musobaqa o`tkazildi. 

Minglab sportchilar ishtirok etgan mazkur bahslarda o`zbek jang san`atining “Matonat” yo`nalishi bo`yicha Toshkent viloyatining imkoniyati cheklangan sportchilari faol qatnashib, estalik sovg`alari bilan taqdirlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma`lum qildi.  

Qayd etilishicha, shuningdek, ushbu bellashuvning ochilish marosimida Madaniyat vazirligi tomonidan konsert dasturlari ham tashkillashtirilgan. 

Tadbir davomida O`zbekiston O`zbek jang san`ati Federasiyasi raisi Po`lat Usmonov Madaniyat vazirligi Kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi, Madaniyat vazirligi sport targ`ibotchisi Hayotillo Madaminovga ”O`zbek jang san`ati milliy sportimizning rivojlanishiga qo`shgan ulkan hissasi uchun" mukofotini topshirgan.

    Boshqa yangiliklar