Toshkent viloyati hokimligi Qibray tumanidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumaniga o`tgan ijtimoiy ob`ektlar to`g`risida ma`lumot taqdim etdi.
Unga ko`ra, M.Ulug`bek tumaniga jami 2294,6 gektar shundan 1002,6 gektar qishloq ho`jaligi er maydonlari o`tgan.
Bundan tashqari quyidagi ob`ektlarning M.Ulug`bek tumaniga o`tkazilishi ta`minlangan:
▪️Mahallar soni - 13 ta;
▪️Yakka tartibdagi turar joylar - 9137 ta;
▪️Noturar joylar - 428 ta;
▪️Maktablar - 2 ta;
▪️Maktabgacha ta`lim muassasalari - 4 ta;
▪️Diniy muassasalar - 1 ta;
▪️Qabristonlar - 2 ta;
▪️Tibbiy muassasalar - 1 ta.
Qibray tumanidan M.Ulug`bek tumaniga o`tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri M.Ulug`bek tumani etib belgilanadi.






