Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida o`rnatilishi to`xtatilgan bayroq ustuni qayta bunyod etiladi, degan mazmunda xabarlar tarqaldi.
Bunga munosabat tarzida Qarshi shahrida o`rnatiladigan bayroq ustunining qurilish ishlari Qarshi shahar mahalliy byudjetining 2021 yilning III-chorak yakuni bo`yicha daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan mablag`lar hamda homiylik yordami hisobiga davom ettirilishi xabar qilingandi.
Ayni paytda Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`lgan bu masalaga viloyat hokimi e`tibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda ulkan bayroq ustuni qurilmaydigan bo`ldi.
Daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismidan qolgan mablag`lar ichki yo`llar ta`miri va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo`naltiriladi.






