Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati Dang`ara tumanida yosh o`spirin "1Xbet" qurboni bo`lib, 16 mln. so`m uchun o`z joniga qasd qilganligi haqida xabar tarqaldi.
Aniqlanishicha, 15 noyabr kuni Dang`ara tumani, Pishkaron M.F.Y, Soysoxili ko`chasida yashagan 28 yoshli fuqaro o`zini-o`zi osib, o`z joniga qasd qilgan.
Marhumning o`lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.






