AsosiyDunyo

Jo Baydenning sog`lig`i yomonlashgani haqida ma`lum qilindi

'Jo Baydenning sog`lig`i yomonlashgani haqida ma`lum qilindi'ning rasmi

Jo Baydenning davolovchi shifokori Kevin O'Konnor AQSh prezidentining sog`lig`i bilan bog`liq muammolar kuchayganligi haqida gapirdi

O'Konnor Oq uy rahbari tez-tez tomog`ini qirishini ta`kidlab, uzoq vaqt davomida kuzatilgan bu alomat batafsilroq tekshirishni talab qilishini qo`shimcha qildi.

Bundan tashqari, Baydenning yurishi yil davomida sezilarli darajada o`zgargan.

Amerika etakchisi atriyal fibrilasiya, giperlipidemiya (qonda yog` miqdori ko`pligi), gastroezofagial reflyuks, mavsumiy allergiya va oyoqlarning engil sensorli neyropatiyasidan davolanmoqda.

Shunga qaramay, O'Konnor Qo`shma Shtatlar prezidenti o`z vazifalarini hech qanday istisnosiz bajarishi mumkin degan xulosaga keldi.

Bayden bugun 79 yoshga to`ldi. U bir kun oldin davlat rahbari sifatida birinchi marta tibbiy ko`rikdan o`tdi. AQShda prezidentni sog`lig`iga oid ma`lumotlarni oshkor qilishga majburlovchi qonun yo`q. Shunday bo`lsada, Oq uy rahbarlari doim bunday ma`lumotlarni o`z fuqarolariga etkazishni ma`qul ko`rishgan.

    Boshqa yangiliklar