AsosiyDunyo

AQSh eronlik xakerlar haqida ma`lumot bergan kishiga mukofot va`da qilmoqda

'AQSh eronlik xakerlar haqida ma`lumot bergan kishiga mukofot va`da qilmoqda'ning rasmi

AQSh “Eron hukumatiga xizmat qilayotgan xakerlar” haqida ma`lumot berganga 10 million dollar va`da qildi. Ular AQShda 2020 yilda bo`lib o`tgan prezident sayloviga ta`sir o`tkazmoqchi bo`lishgan, deb xabar bermoqda davlat departamenti.

"10 million dollargacha mukofot tayinlandi. Ushbu xakerlar 2020 yilda AQShda bo`lib o`tgan saylovga ta`sir o`tkazish uchun Eron hukumatiga ishlagan", - deyiladi davlat departamentining Twitter orqali tarqatgan xabarida.

Xabarda eronlik Sayid Xusayniy Kozimiy va Saxxad Kashiyonilarning fotosuratlari ham keltirilgan.

"Kozimiy bilan Kashiyoni Eronning 2020 yilgi prezident sayloviga qaratilgan kiberamaliyotiga jalb qilingan", - deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq AQSh moliya vazirligi Eronning Emennet Pasargad kompaniyasiga hamda uning olti nafar xodimiga sanksiya joriy qilgani haqda ma`lum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar