AsosiyDunyo

Noma`lum shaxs Sankt-Peterburg – Nur-Sultan yo`nalishida parvoz qilayotgan samolyotni portlatish bilan tahdid qildi

'Noma`lum shaxs Sankt-Peterburg – Nur-Sultan yo`nalishida parvoz qilayotgan samolyotni portlatish bilan tahdid qildi'ning rasmi

Noma`lum shaxs Sankt-Peterburg – Nur-Sultan yo`nalishi bo`ylab parvoz qilayotgan Qozog`istonning Air Astana aviakompaniyasiga qarashli samolyot portlatilishi mumkinligi haqida xabar jo`natdi, deb ma`lum qildi Qozog`iston Sanoat va infratuzilmaviy rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

"Air Astana kompaniyasining Call-markaziga 18 noyabr kuni soat 00:45 larda 138 - Pulkovo – Nur-Sultan reysi portlatilishi mumkinligi haqida ma`lumot kelib tushdi", – deya ma`lum qilgan vazirlik matbuot-xizmati.

Keyin xabar berilishicha, soat 2:49 da bort eson-omon erga qo`ngan. Hodisaning boshqa tafsilotlari oshkor etilmadi, deyiladi RIA Novosti tarqatgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar