Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro M.A. boshqa bir fuqaro S.ni tanishlari yordamida Toshkent moliya institutiga ikkinchi mutaxassislik bo`yicha o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 700 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






