Samolyotlar Volgograd-Farg`ona yo`nalishi bo`yicha haftada bir marta — seshanba kunlari parvoz qiladi, deya xabar bermoqda TASS.
Ta`kidlanishicha, Volgograddan Farg`ona (O`zbekiston) shahriga parvozlar dasturi dekabr oyida boshlanadi. Bu haqda chorshanba kuni Volgograd xalqaro aeroportining jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha etakchi mutaxassisi Anastasiya Golodova ma`lum qilgan.
“S7 Airlines" aviakompaniyasi 2021-yil 7-dekabrdan O`zbekistonning Farg`ona viloyatiga parvozlar dasturini amalga oshiradi”, degan Anastasiya Golodova.






