Toshkent viloyatida dahshatli jinoyat sodir etildi. Bekabod tumanida 70 yoshli ota o`z farzandiga 25 marotaba zarba berib, uning o`limiga sababchi bo`ldi.
"Sevimli" telekanalining "Zamon" axborot dasturi muxbiri jinoyatning tafsilotlarini o`rgandi, holat yuzasidan o`tkazilgan sud majlisida ishtirok etdi.
OAV vakillarini ochiq sud majlisida ishtirok etishini qotil otaning o`zi iltimos qilgan. Bekobodlik Fazliddin Yusupovga O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 95-moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan. Otaning to`rt farzandi bo`lib, barchasi oliy ma`lumot ega. Marhum o`g`li Ilyos Yusupov uch farzandning otasi bo`lgan.
Ma`lum bo`lishicha, Ilyos IIB YPX da 9 yildan ortiq faoliyat yuritgan. Ishidagi xato va kamchiliklar tufoyli xizmat vazifasidan ozod etilgan. Shundan so`ng, bekorchi bo`lib qolgan yigit spirtli ichimliklarga mukkasidan ketadi. Mast holda doimiy oila a`zolariga tay`ziq o`tkazib kelgan. Joriy yilning 7 iyul sanasida ko`tarilgan janjal oxirgisi bo`ldi. O`sha kuni u otasidan pul talab qilgan. Otasi bergan 1 200 000 ming so`m pensiya puliga qanoat qilmay, seyfni ochib turgan paytida ota o`g`lini bolta bilan bilan urib, o`ldirib qo`yadi.
Sud hukmiga ko`ra, ota 12 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.






