Avval xabar qilinganidek, Senat yigirma birinchi yalpi majlisida “Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma`muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko`rib chiqildi.
Ma`lum qilinishicha, Ichki ishlar organlari yoki konsullik muassasasi tomonidan berilgan biometrik pasport (ID-kartasi) mavjud bo`lgan taqdirda haydovchidan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjat, transport vositasini ro`yxatdan o`tkazganlik to`g`risidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo`qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta polisi talab etilmaydi.
Qonun Senatorlar tomonidan ma`qullandi.
Mavzuga doir:






