Turkiyaning muxolifatchi “Oda TV” axborot portali Anqara tomonidan davlat to`ntarishiga urinishda ayblangan islomiy ulamo Fathulloh Gulen zaharlangan bo`lishi va allaqachon o`lgan bo`lishi mumkinligini da`vo qilmoqda. Portalning payshanba kuni xabar berishicha, Gulen FETO tashkiloti uning tirikligini tasdiqlagan videosi montaj qilgan.
Oda TVning xabar berishicha, Gulen chorshanba kuni kechqurun AQShning Pensilvaniya shtatidagi uyida zaharlangan. Uning davrasidan yana bir kishi ham vafot etgan. Villa xodimlariga matbuot bilan aloqa qilmaslik buyurilgan. Portalning ta`kidlashicha, bu ma`lumotlar unga maxsus xizmatlar vakillari tomonidan tasdiqlangan.
Ayni paytda Gulen tashkiloti rahbari stulda o`tirib namoz o`qiyotgani aks etgan videoni e`lon qildi. Biroq Oda TV bu videoni ilgari e`lon qilingan va`zgo`yning bir xil kiyim kiygani aks etgan uchta videoning montaji deb hisoblaydi.
Hozircha boshqa turk OAVlarida Gulenning ahvoli haqida rasmiy va aniqroq ma`lumot yo`q.
2016 yilning 15 iyulida Turkiya Qurolli kuchlarining bir guruh askar va zobitlari davlat to`ntarishiga urinishgan. Asosiy qarama-qarshilik Istanbul va Anqarada bo`lib o`tdi, 250 kishi halok bo`ldi, qo`zg`atuvchilarni hisobga olmaganda, 2 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Anqara AQShda islom da`vatchisi Fathulloh Gulen va unga aloqador FETOni davlat to`ntarishiga tayyorgarlik ko`rganlikda ayblaydi.






