AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tadbirkorlar kuni belgilanmoqda

'O`zbekistonda tadbirkorlar kuni belgilanmoqda'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Deputatlar dastlab “Tadbirkorlar kunini belgilash to`g`risida”gi   qonun loyihasini birinchi o`qishda  ko`rib chiqishdi. 

Deputatlar tomonidan birinchi o`qishda ko`rib chiqilgan qonun loyihasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti davomida berilgan topshiriqlar hamda 2021 yil 24 avgustdagi tegishli farmoyishi ijrosini ta`minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Ta`kidlanganidek, mazkur qonun loyihasi Yangi O`zbekistonning barpo etilishida tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy ahamiyatini yanada yuksaltirish, jamiyatimizda tadbirkorlikni ommalashtirish hamda insofli tadbirkorlikni tizimli rag`batlantirish imkonini beradi.

Qonun loyihasi bilan yurtimizda 20 avgust — Tadbirkorlar kuni sifatida belgilanmoqda.

Deputatlar aytishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi tadbirkorlarning mamlakatimiz taraqqiyotiga qo`shayotgan hissasiga e`tiborni qaratish va baholash, katta yutuqlarga erishgan va jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal etishda faol ishtirok etayotgan tadbirkorlarni aniqlash hamda ularni taqdirlash, aholini, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar