17 noyabrdan 18 noyabr kuniga o`tar kechasi Farg`ona tumani, Gulshan MFY, Samo ko`chasidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi 62 yoshli X.A (erkak) va birga yashovchi 31 yoshli o`g`li X.B yashash xonadonida is gazidan zaharlanish natijasida hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Hurmatli fuqarolar!
Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonandoningiz va boshqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yo`qligiga e`tiborli bo`lishingizni, olovdan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, voqea tafsiloti yuzasidan qo`shimcha ravishda ma`lumot beriladi.






