“Chelsi” sobiq bosh murabbiyi navbatdagi taklifni ham rad qildi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shotlandiyaning “Reynjers” klubi Lempardga taklif bilan chiqqan. Biroq u Glazgo klubini boshqarish istagi yo`qligini ma`lum qilgan. Avvalroq ushbu klub bosh murabbiyi Stiven Jerrard “Aston Villa”dan tushgan taklifni qabul qilgandi.
Eslatib o`tamiz, Lempard “Norvich”dan tushgan taklifni ham qabul qilmagan edi.






