AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 4,4 mln so`mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi

'Toshkent viloyatida 4,4 mln so`mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi'ning rasmi

Toshkent viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan o`tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 323 dona (quti) umumiy qiymati 4,4 mln so`mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi

Profilaktik tadbirlar davomida 785 shisha umumiy qiymati 8,5 million so`mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo`yilgani aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Xususan, nazorat tadbirlar davomida Zangiota tumani hududining “Nayman” mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan do`konda fuqaro J.M. hamda T.R. lar hech qanday hujjatlarsiz alkogol mahsulotlarini chakana sotish faoliyati bilan shug`ullangani aniqlandi. Tekshiruv davomida fuqarolardan jami 4 turdagi 50 dona umumiy bahosi 694 ming so`mlik tamaki mahsulotlari olib qo`yildi.

Hududdagi “Bohor” MFYda joylashgan do`konda fuqaro R.Z. noqonuniy alkogol mahsulotlarini chakana sotish faoliyati bilan shug`ullangan. Tadbirda fuqorodan jami 7 turdagi 67 dona umumiy bahosi 956 ming so`mlik maxsulotlar olib qo`yilgan.

“Dehqonobod” MFYda joylashgan do`konda fuqaro Yu.F. hech kanday xujjatlarsiz alkogol mahsulotlarini sotish bilan shug`ullangan. Tekshiruvda fuqorodan jami 10 turdagi 52 dona umumiy bahosi 605 ming so`mlik tamaki mahsulotlari olinib, ro`yxatlandi.

Shuningdek, Bo`ka tumanida ham o`tkazilgan nazorat tadbirlarida fuqaro T.O. hech qanday hujjatlarsiz alkogol mahsulotlarini sotayotgani aniqlandi. Qonunbuzarga tegishli bo`lgan 6 turdagi 21 shisha 12 litr bo`lgan, 314 ming so`mlik alkogol mahsulotlari daliliy ashyo sifatida vaqtincha olindi.

Boshqa yangiliklar