Ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshondagi eski tilla konida 40-50 kishini qum bosib qolganligi haqida ma`lumot tarqalgan edi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB munosabat bildirdi:
Navoiy viloyati Konimex tumani Karakata O.F.Y. hududida joylashgan Lolazor nomli cho`l hududida tuproq tarkibidan tillo qumlarini kavlab olish bilan shug`ullangan bir guruh fuqarolar qum ostida qolganligi (4 nafari vafot etgan) holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda 40-50 kishini qum bosib qolganligi haqida tarqalgan ma`lumotlar haqiqatga tug`ri kelmaydi.






