AsosiyJamiyat

Lolazorda odamlarni qum bosish holati bo`yicha Bosh prokuratura qo`shimcha ma`lumot berdi

'Lolazorda odamlarni qum bosish holati bo`yicha Bosh prokuratura qo`shimcha ma`lumot berdi'ning rasmi

Biroz avval Navoiy viloyati Konimex tumani Karakata O.F.Y. hududida joylashgan Lolazor nomli cho`l hududida tuproq tarkibidan tillo qumlarini kavlab olish bilan shug`ullangan bir guruh fuqarolar qum ostida qolgani haqida xabar bergan edik. 

Bosh prokuratura matbuot  xizmati holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi. 

"Tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, baxtsiz voqeada 4 nafari vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda 40-50 kishini qum bosib qolganligi haqida tarqalgan ma`lumotlar haqiqatga tug`ri kelmaydi.  

    Boshqa yangiliklar