AsosiyJamiyat

O`zbekiston TTDHKning eng yosh a`zosi bo`lishiga qaramasdan, diplomatik faollikni kundan-kunga oshirmoqda – turkiyalik ekspert

'O`zbekiston TTDHKning eng yosh a`zosi bo`lishiga qaramasdan, diplomatik faollikni kundan-kunga oshirmoqda – turkiyalik ekspert'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiy tili davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) 8-sammiti doirasida ilgari surgan tashabbuslari xorijiy ekspertlar hamjamiyati e`tiborini tortmoqda. Jumladan, Turkiy tilli davlatlar jurnalistlari xalqaro jamiyati rahbari Gyungor Yavuzaslan O`zbekiston rahbarining takliflari yuzasidan o`zining fikr-mulohazalarini yo`lladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri

Uning so`zlariga ko`ra, O`zbekiston, TTDHKning eng yosh a`zosi bo`lishiga qaramasdan, diplomatik faoliyatni ikki tomonlama shaklda ham, ko`pqirrali maydonchalarda ham kundan-kunga mustahkamlab bormoqda.

«O`zbekiston Prezident tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar dolzarbligi bilan ajralib turibdi. Ularning ahamiyati COVİD-19 pandemiyasi tufayli TTDHKga a`zo mamlakatlar iqtisodiyoti duch kelgan qiyinchiliklar sharoitida yanada oshadi, - deya ta`kidladi Gyungor Yavuzaslan. - Ekologik muammolar va iqlim o`zgarishi sharoitida Prezidentning «yashil» iqtisodiyotga o`tish va uglerod betarafligiga erishish, shuningdek, BMT bilan hamkorlikda turkiy davlatlar atrof-muhitini muhofaza qilish tuzilmasini yaratish tashabbusi alohida e`tiborga loyiqdir».

Turkiy tilda so`zlashuvchi mamlakatlar jurnalistlari xalqaro jamiyati rahbari Shavkat Mirziyoev birgalikda «yo`l xaritasi»ni ishlab chiqish orqali turkiy dunyo turizm sanoatini rivojlantirishga e`tibor qaratganini qayd etdi. «Ushbu hujjatning amalda tatbiq etilishi sayyohlarga turkiy davlatlar bo`ylab erkin sayohat qilish imkonini beradi, shuningdek, ularga bo`lgan talabni oshiradi», - dedi turkiyalik ekspert.

 

    Boshqa yangiliklar